Emeri: «Birinchi bo‘limdagi imkoniyatlardan foydalana olmadik»
«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Chempionlar ligasi doirasida «Barselona»ga qarshi uchrashuvdagi yirik hisobdagi mag‘lubiyat (0:3) haqida fikr bildirdi.
«Jamoani qanday shakllantirayotganimiz 90 daqiqa davomida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tarkibimizda yosh va iqtidorli futbolchilar ham, tajribali o‘yinchilar ham bor.
Bugun bir qator xatolarga yo‘l qo‘ydik. Faoliyatimiz davomida bunday kamchiliklarga avval ham duch kelganmiz, ammo har safar ularni yengib o‘tishga kuch topganmiz.
Bugun ham xatolarga qaramay, vaziyatlar yaratishda va yakkakurashlarga kirishishda davom etdik. Agar birinchi bo‘limda yuzaga kelgan imkoniyatlardan hech bo‘lmaganda bittasini golga aylantira olganimizda, uchrashuv boshqacha kechishi mumkin edi. Biroq hal qiluvchi pallada sovuqqonlik yetishmadi», — deya Emerining so‘zlarini keltiradi BBC Sport.