locale OZ

Enrike: «Bizning maqsadimiz — Madriddagi finalda g‘alaba qozonish»

Parij klubi barcha to‘rtta uchrashuvda g‘alaba qozonib, raqiblar darvozasiga jami 20 ta gol kiritdi.
Futbol
Enrike: «Bizning maqsadimiz — Madriddagi finalda g‘alaba qozonish»
Фото: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasining Chempionlar ligasi joriy mavsumidagi muvaffaqiyatli starti haqida fikr bildirdi.

Parijliklar umumiy bosqichda o‘tkazilgan barcha to‘rtta uchrashuvda g‘alaba qozonib, raqiblar darvozasiga jami 20 ta gol kiritishdi.

«Bu hozircha hech narsani anglatmaydi. Madridda bo‘lib o‘tadigan finalda faqat bitta jamoa g‘olib chiqadi va bizning asosiy maqsadimiz aynan o‘sha yerda g‘alaba qozonish.

Avvalgi mavsumlarda ham umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra kuchli sakkizlikka kira olmagan bo‘lsak-da, musobaqada g‘alaba qozonganmiz», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Keyingi turda «PSJ» Angliyada «Aston Villa» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 8 dekabr kuniga belgilangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting