«Real» «Manchester Yunayted»ning 16 yoshli iqtidorini qo‘lga kiritmoqchi
«Manchester Yunayted»ning hujumkor yarim himoyachisi Jey-Jey Gabriel yaqin vaqtlar ichida Madridning «Real» klubiga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Ben Fernandes Santosning ma’lum qilishicha, 16 yoshli futbolchi transfer rasman yakunlanishini kutib, ayni paytda Ispaniya poytaxtida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Tomonlarga kelishuvning ayrim tafsilotlarini hal qilish qolgan. Yaqin kunlar muzokaralarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.
Avvalroq iqtidorli angliyalik futbolchiga «Barselona» ham qiziqish bildirgan, biroq kataloniyaliklar transfer uchun kurashni to‘xtatgan. Shuningdek, «Bavariya» va «Pari Sen-Jermen» klublari ham «Manchester Yunayted» yoshlar jamoasi a’zosiga qiziqish bildirgani aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jey-Jey Gabriel hali «Manchester Yunayted» asosiy jamoasida debyut qilmagan.