locale OZ

Elit OCHL. Masharipov to‘liq o‘yagan bahsda «Istiqlol» «Al Shamal»dan ustun keldi

Iroqdagi bellashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
Futbol
Elit OCHL. Masharipov to‘liq o‘yagan bahsda «Istiqlol» «Al Shamal»dan ustun keldi
photo: gettyimages
Osiyo Chempionlar Ligasi
03.11.2026, Yak.
Esteghlal
1
Al-Shamal
0

Elit Osiyo Chempionlar ligasida 4-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Iroqning Basra shahridagi kechgan bellashuvda «Istiqlol» klubi «Al Shamal»ni qabul qildi. Unda eronliklar minimal hisobdagi g‘alabaga erishdi. Yagona gol 1-daqiqada Asani hisobiga yozildi.

Ushbu bellashuvda O‘zbekiston milliy jamomoasi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. Rustam Ashurmatov esa uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 90-daqiqada maydonga tushdi.

Mazkur uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqardi. Bosh hakam vazifasini Asker Najafaliyev bajardi. Unga qanotlarda Baxtiyorxo‘ja Shavkatov va Ruslan Serazitdinov yordam berdi. VAR tizimida Firdavs Norsafarov va Abdurashid Xudoyberganov faoliyat olib bordi.

Elit OCHL. 4-tur
Istiqlol – Al Shamal 1:0
Gol: Asani 1.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting