locale OZ

Mourinoning e’tirozidan so‘ng \"El-Klasiko\" hakami almashtirildi

Bu haqda Marca nashri jurnalist Roberto Gomesga tayanib xabar bermoqda.
Mourinoning e’tirozidan so‘ng "El-Klasiko" hakami almashtirildi
photo: gettyimages
Ispaniya La Ligasi
25.10.2026, 16.00
Barselona
-
Real Madrid
-

Mourinoning e’tirozidan so‘ng "El-Klasiko" hakami almashtirildi

Ispaniya Hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi "El-Klasiko" uchrashuvini boshqarishi kerak bo‘lgan Alexandro Ernandes Ernandesni boshqa hakamga almashtirishga qaror qildi.

Bu haqda Marca nashri jurnalist Roberto Gomesga tayanib xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mazkur qarorga "Real" bosh murabbiyi Joze Mourinoning noroziligi asosiy sabab bo‘lgan. Portugaliyalik mutaxassis uchrashuvni boshqaradigan hakamning nomi oldindan ma’lum bo‘lib qolganidan norozi bo‘lgan.

"Dastlab uchrashuvni Ernandes Ernandes boshqarishi kerak edi. Mourino esa ikki marta o‘yinga qaysi hakam tayinlanishi allaqachon ma’lum bo‘lgani uni hayratga solayotganini aytdi.

Qo‘mita jahon chempionatida ishlagan hakam — Ernandes Ernandesni tayinlamoqchi edi. U joriy mavsumda alohida bosim ostida qolmagan", — dedi Gomes.

Jurnalistning ta’kidlashicha, Hakamlar texnik qo‘mitasi Mourinoga qo‘shimcha tanqid uchun sabab berishni istamayapti.

"Barselona" va "Real" o‘rtasidagi "El-Klasiko" 25 oktyabr, yakshanba kuni Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting