locale OZ

Futzal. O'FF prezidenti kubogining saralash bahslariga qur'a tashlandi

Qur’a natijalariga ko‘ra, dastlabki bosqichda o‘zaro kuch sinashadigan juftliklar hamda ikkinchi bosqichda to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan jamoalar aniqlandi.
Futzal. O'FF prezidenti kubogining saralash bahslariga qur'a tashlandi
photo: UFF

Havaskor jamoalar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasining 2026/2027-yilgi mavsumi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, dastlabki bosqichda o‘zaro kuch sinashadigan juftliklar hamda ikkinchi bosqichda to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan jamoalar aniqlandi.

Saralash bahslari 24–25-oktabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bo‘lib o‘tadi.

1-bosqich uchrashuvlari taqvimi
24-oktabr, shanba
· 08:00 — “Istiqlol” – “O‘zKSF”
· 09:00 — “Ekspress” – “Madaniyat”
· 10:00 — “Korzinka” – “UNKI”
· 11:00 — “Agrosanoat” – “TIFT”
· 12:00 — “Singapur” – “Tibbiyot”
· 14:00 — “Mudofaa” – “Olimpik”
· 15:00 — “Tayan” – “Do‘stlik”
· 16:00 — “Great Future” – “Agrotex”
· 17:00 — “Inbox” – “Irrigator”

25-oktabr, yakshanba
· 08:00 — “Novza” – “Hayot Bank”
· 09:00 — “BMU” – “Markaz”
· 10:00 — “O‘zGEO” – “Sharqshunos”
· 11:00 — “Parma-2” – “Quruvchi”
· 12:00 — “IMV” – “Eksklyuziv”
· 14:00 — “SQB” – “O‘zbekko‘mir”
· 15:00 — “Din qo‘mitasi” – “MKM Metal”
· 16:00 — “TATU” – “Energetik”
· 17:00 — “Voris FK” – “Moliyachi”

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting