Diyora Keldiyorova: \"Endi mutlaqo boshqa, yangi Diyoraman!\"
Diyora Keldiyorova: "Endi mutlaqo boshqa, yangi Diyoraman!"
Xabaringiz bor, Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnir g‘olibasiga aylangan edi. Ikki yarim yillik tanaffusdan so‘ng tatamiga qaytgan Diyora musobaqadan so‘ng mahalliy matbuotga intervyu berdi.
"Ochig‘ini aytsam, Parij Olimpiadasidan oldingi sport formamga to‘liq qaytdim deb ayta olmayman. O‘shanda men boshqacha edim. Hozir men mutlaqo boshqa, yangi Diyoraman — ona sifatida yanada nazokatliman. Shunga qaramay, o‘zimni juda yaxshi his qilyapman", — dedi Keldiyorova.
Vakilamiz hozir natijadan tashqari dzyudodan zavq olish ham muhim ekanini ta’kidladi.
"Shunchaki dzyudodan zavq olishni istayman. Men dzyudoni yaxshi ko‘raman, u bilan yashayman va o‘z ishimdan qanchalik zavq olayotganim men uchun juda muhim", — dedi u.
Aktaudagi musobaqaga farzandi bilan birga borgan Keldiyorova onalik hayotidagi o‘zgarishlarga ham to‘xtaldi.
"Qizim uchun eng muhimi — men uning yonida bo‘lishim, uni bag‘rimga bosishim. Unga faqat ona kerak. Hozircha u mening qanday sportchi ekanligimni tushunmaydi. Ehtimol, vaqti kelib bularning barchasini anglab yetar", — deya qo‘shimcha qildi Diyora.