Vinisius diskvalifikatsiya tufayli «El Klassiko»ni o‘tkazib yuborishi mumkin
«Real» vingeri Vinisius Junior «Barselona»ga qarshi bahsni diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishi mumkin.
Shanba, 10-oktabr kuni La Liganing 8-turi doirasidagi «Vilyarreal» bilan o‘yinda Junior to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq deb topildi. 26 yoshli futbolchi 71-daqiqada gol urdi, ammo undan biroz avval raqibining sochidan ushlab qolgan. Referi vaziyatni takroran ko‘rish uchun monitor oldiga bordi va o‘yin qoidasi buzilgan deb hisoblab, golni bekor qildi hamda Vinisiusni maydondan chetlatdi. Endi futbolchi 25-oktabr kuni La Liganing 10-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishi mumkin. Hozircha «qaymoqranglilar» yulduzi nechta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi noma’lum.