locale OZ

Vinisius: «Jamoam va muxlislardan uzr so‘rayman»

O‘yinning 74-daqiqasida Vinisius raqibning sochlaridan ushlab qolgani uchun chetlatildi.
Vinisius: «Jamoam va muxlislardan uzr so‘rayman»
Фото: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
10.10.2026, Yak.
Real Madrid
1
Villarreal
0

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Vinisius Junior jamoaning Ispaniya chempionati 8-turi doirasidagi bahsda «Vilyarreal» (1:0) ustidan qozongan g‘alabasi va o‘zining chetlatilgani haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘yinning 74-daqiqasida Vinisius raqibning sochlaridan ushlab qolgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

«Xursandchilik davom etadi… Jamoam va muxlislardan uzr so‘rayman», — deb yozdi Vinisius ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionati 8-turidan keyin «Real» 18 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Minimal hisobda mag‘lub bo‘lgan «Vilyarreal» esa 8 ochko bilan jadvalning 13-pog‘onasini band etgan. Yakka peshqadam hamon «Barselona», kataloniyaliklar hisobida 24 ochko mavjud. Ikkinchi — «Atletiko» (19 ochko).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting