locale OZ

«Real» Bellingham bilan kelishuvga erishdi – manba

Yangi bitim 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi.
«Real» Bellingham bilan kelishuvga erishdi – manba
Фото: Getty Images

«Real» yarim himoyachi Jud Bellingham bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib oldi. Angliyalik futbolchining yangi mehnat shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu haqda AS o‘z sahifalarida ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, Bellinghamning shartnoma shartlari yaxshilanadi, bu esa futbolchining jamoa uchun maqomi va ahamiyatiga mos keladi.

Jud Bellingham 2023 yilning yozida Dortmundning «Borussiya» jamoasidan «Real»ga o‘tgan edi. O‘shandan beri Angliya milliy jamoasi a’zosi 150 ta o‘yinda maydonga tushib, 49 ta gol urdi va 34 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, yakshanba, 18 oktabr kuni madridliklar o‘z uyida, «Santyago Bernabeu» stadionida «Sevilya»ni qabul qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting