Polina Kudermetova Ningbo Open turnirining ikkinchi davrasiga chiqdi
O‘zbekiston vakili birinchi davrada ispaniyalik Kristina Bukshani 7:6 (tay-brekda 7:5), 6:2 hisobida mag‘lub etdi.
photo: Tennis Uzbekistan
Polina Kudermetova Ningbo Open turnirining ikkinchi davrasiga chiqdi
O‘zbekiston vakili birinchi davrada ispaniyalik Kristina Bukshani 7:6 (tay-brekda 7:5), 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Buksha ayni paytda WTA reytingida 38-o‘rinda, uning faoliyatidagi eng yaxshi natija esa 30-o‘rin bo‘lgan.
Endi Polina turnirning birinchi raqamli saralangan tennischisi, dunyoning birinchi raketkasi Elena Ribakina bilan uchrashadi. Ribakina yuqori saralanganligi sababli birinchi davrada o‘ynamadi. Uchrashuv 22-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.