Saudiya Proligasi. «An Nasr» Feliksning goli evaziga g‘alaba qozondi, Ronaldu penaltidan gol ura olmadi
Saudiya Proligasi. «An Nasr» Feliksning goli evaziga g‘alaba qozondi, Ronaldu penaltidan gol ura olmadi
Yana bir qarama-qarshilikda esa «Al Ittihod» «Al Ittifoq»ni yirik hisobda taslim etdi.
Saudiya Arabistoni chempionati 10-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakuniga yetdi.
«An Nasr» o‘z maydonida «Neom»ni qabul qildi va Joau Feliksning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. Riyodliklar safida Krishtianu Ronaldu to‘liq o‘yin o‘tkazdi. Shuningdek, u 45+6-daqiqada penaltidan gol ura olmadi.
Yana bir qarama-qarshilikda esa «Al Ittihod» «Al Ittifoq»ni safarda yirik 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mehmonlar safida Yusuf An-Nosiri dubl muallifi bo‘ldi.
Saudiya Proligasi. 10-tur
An Nasr — Neom 1:0
Gol: Feliks 61.
Amalga oshirilmagan penalti: Ronaldu 45+6.
Al Ittifoq — Al Ittihod 1:4
Gollar: Harun 34 — Ilenihena 16, Auar 53, An-Nosiri 80, 85 (dubl).