locale OZ

Flik: «O‘yinni nazorat qilishga erishdik»

“Barselona” ustozi “Xetafe”ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Flik: «O‘yinni nazorat qilishga erishdik»
Фото: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
10.10.2026, Yak.
Barselona
3
Xetafe
0

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik “Xetafe”ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bugun birinchi golni qo‘ldan kelganicha ertaroq urish juda muhim edi. Bu bizga ishonch bag‘ishladi, chunki bir necha haftalik tanaffusdan so‘ng bu odatda oson kechmaydi. Ammo “Xetafe” juda yaxshi himoyalanadigan jamoa bo‘lishiga qaramay, ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Ular ligada himoyalanish bo‘yicha eng yaxshilardan biri hisoblanadi. Biz ham yuqori darajada himoyalandik. O‘yinni nazorat qilishga erishdik.

Barcha futbolchilar o‘z darajasida bo‘lishi juda muhim. Ba’zi pozitsiyalarda bizda oliy darajadagi uchtadan futbolchi bor. Jamoada ajoyib muhit hukm surmoqda, har bir kishi jamoa uchun o‘ynamoqda. Oxir-oqibat, hamma gap jamoa va klubda", — deydi Flikning so‘zlarini Marca nashri.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting