locale OZ

«Orol» klubini taqdirlash marosimi 1 noyabr kuni o‘tkaziladi

O‘sha kuni nukusliklar 25-tur doirasida «G‘azalkent»ni o‘z uyida qabul qiladi.
«Orol» klubini taqdirlash marosimi 1 noyabr kuni o‘tkaziladi
photo: Aral fk

«Orol» klubini taqdirlash marosimi 1 noyabr kuni o‘tkaziladi

O‘sha kuni nukusliklar 25-tur doirasida «G‘azalkent»ni o‘z uyida qabul qiladi.

Superliga yo‘llanmasi va bir vaqtning o‘zida Proliga g‘olibligini qo‘lga kiritgan «Orol» futbol klubiga kubok topshirish marosimi 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

«Proliganing navbatdagi turida «Orol» G‘uzorda «Sho‘rtan» mehmoni bo‘ladi. 25-turda esa nukusliklar «G‘azalkent» futbol klubini qabul qiladi. 1 noyabr kungi bellashuv soat 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.

«G‘azalkent» bilan o‘yin yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelayotgani qoraqalpog‘istonlik futbol muxlislariga uzoq kutilgan Superliga yo‘llanmasini nishonlashda qo‘l kelishi shubhasiz.

Ayni vaqtda g‘azalkentliklar pley-off yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirayotganidan kelib chiqilsa, bellashuvning o‘zi ham qiziqarli kurashlar ostida kechishiga shubha yo‘q», — deyiladi xabarda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting