locale OZ

Islom Ismoilov: «To‘g‘risi, bu natijaga loyiq emasdik»

Murabbiyning jahli chiqdi.
Futbol
Islom Ismoilov: «To‘g‘risi, bu natijaga loyiq emasdik»
Фото: Нефтчи ПФК
Osiyo Chempionlar Ligasi
02.11.2026, Yak.
Tractor
2
Neftchi Fargona
2

Elit OChL 4-turidan o‘rin olgan «Neftchi» va «Traktorsazi» bahsidan so‘ng farg‘onaliklar bosh murabbiyi Islom Ismoilov matbuot anjumanida qatnashib, o‘z fikrlarini bildirdi.

- «Afsuski, ikki safardan beri oxirida alamli gollarni o‘tkazib yuboryapmiz. Ayniqsa, bugungi bahsning oxirida qilingan xato juda tushunarsiz bo‘ldi. Hayronman, o‘sha vaziyatlarda futbolchimiz kimga nimani ko‘rsatmoqchi bo‘ldi? G‘alaba qozonishimiz deyarli aniq bo‘lgan vaqtda gol o‘tkazib yubordik. Alam qilarlisi, ikki ochkoni shunday yo‘qotdik.

Murabbiy sifatida o‘yindan umuman qoniqish hosil qilganim yo‘q. Takror aytaman, oddiy holatda ikki gol o‘tkazib yubordik. Umuman olganda, o‘yinni to‘liq nazorat qildik, ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdik. Raqib o‘zining ikkita imkoniyatidan foydalanib ketdi. Juda va juda alamli natija. Chunki maydonda juda ko‘p mehnat qildik. Futbolchilar katta hajmdagi ishlarni bajarishdi. Arzimas xato sabab g‘alabani boy berdik. Shunisi alam qilyapti.

To‘g‘risi, bu natijaga loyiq emasdik. Murabbiy sifatida o‘zimni kechira olmaydigan vaziyat. Tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Bu achinarli va afsusli holat», - dedi Ismoilov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting