IV Yozgi Yoshlar Olimpiadasida dzyudo bahslari start oldi
Senegal poytaxti Dakar shahri yoshlar o‘rtasidagi Yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
photo: Dzyudo Uzbekistan
IV Yozgi Yoshlar Olimpiadasida dzyudo bahslari start oldi
Senegal poytaxti Dakar shahri yoshlar o‘rtasidagi Yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda.
Kechadan musobaqa dasturidan o‘rin olgan dzyudo bahslari boshlandi. Olimpiya o‘yinlarida har bir davlatdan faqat bir nafardan dzyudochi qatnashishiga ruxsat berilgan. Qizlar -44, -52, -63, -78, o‘g‘il bolalar esa -55, -66, -81, -100 kg vazn toifalarida Olimpiada medallari uchun bahslarga kirishgan.
Xabar berganimizdek, Yoshlar Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini Jo‘rabek Eshpo‘latov himoya qiladi. -100 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz ishtirokidagi bellashuvlar ertaga bo‘lib o‘tadi. Jo‘rabek qur’a natijasiga ko‘ra ilk davrada tailandlik Chinon Kanisornga qarshi tatamiga chiqadi.