Elit OCHL. «Neftchi» 90+9-daqiqada «Traktor»dan gol o‘tkazib, g‘alabani boy berdi
Elit Osiyo Chempionlar ligasi 4-turida «Neftchi» O‘monda «Traktor» bilan bellashdi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi.
Dastlab 55-daqiqada Stipe Peritsa hisobni ochdi. 61-daqiqada eronliklar futbolchisi Farshod Farajiy qo‘pol o‘yini uchun maydondan chetlatildi. 82-daqiqada Tomislav Strkali hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Vladimir Yovovich uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, «Neftchi»ga g‘alaba keltirgandek edi. Ammo eronliklar so‘nggi soniyalarda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu natijadan so‘ng Farg‘ona klubi 4 ochko bilan musobaqa jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi. Eronliklar hisobida esa 2 ochko bor.
Osiyo Elit Chempionlar ligasi, 4-tur
Traktor — Neftchi 2:2
Gollar: Shtrkal 82, Zayerkazemayn 90+9 – Stipe Peritsa 55, Vladimir Yovovich 90+4
Traktor: 81. Parsa Jafari, 3. Shojaye Xalilzade, 5. Odiljon Hamrobekov, 7. Tibor Xalilovich (17. Mas’ud Zayerkazemayn, 84'), 11. Danial Ismoilifar (6. Sayid Mehdi Husayni, 84'), 18. Sodiq Muharrami (10. Hadi Habibinejad, 61'), 22. Muhammad Naderi, 33. Farshad Faraji, 58. Muhammad Daneshgar (20. Mahdi Hoshemnejad, 46'), 70. Shahriyar Mug‘anlu (19. Tomislav Shtrkal, 37'), 99. Amirhusayn Huseynzade.
Neftchi: 1. Botirali Ergashev, 3. Mishel Augusto, 4. Boyan Siger (9. Xurshid G‘iyosov, 85'), 6. Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, 11. Asilbek Jumayev (7. Abrorbek Ismoilov, 46'), 15. Nurmuhammad Abdug‘aniyev (18. Stipe Peritsa, 54'), 22. Alisher Odilov, 31. Medeyros Sasse Yan, 34. Farrux Sayfiyev, 77. Fransisko Yurani (8. Vladimir Yovovich, 76'), 88. Markus Forss (10. Jamshid Iskanderov, 46').
Chetlatish: 62 - Farshad Faraji