“Uzbekistan Global Tour Dressage 2026”: uchinchi bosqichi yakunlandi
31-oktyabr kuni “Uzbekistan Global Tour Dressage 2026” musobaqasining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
photo: Ot sporti Uzbekistan
“Uzbekistan Global Tour Dressage 2026”: uchinchi bosqichi yakunlandi.
31-oktyabr kuni “Uzbekistan Global Tour Dressage 2026” musobaqasining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida tashkil etildi.
Musobaqa davomida chavandozlar o‘z mahoratlarini namoyish etib, tomoshabinlarga yorqin taassurotlar ulashdilar. Ayniqsa, kostyumli kyur dasturi o‘ziga xosligi bilan ajralib turdi. Ishtirokchilar ushbu dasturda nafaqat texnik mahoratlarini, balki ijodkorlik, kreativ yondashuv va badiiy ifoda qobiliyatlarini ham namoyon etdilar.