Karlos Teves: «Ular bir-biridan farq qiladi»
Karlos Teves Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini taqqosladi.
«Ular bir-biridan farq qiladi. Krishtianu juda hissiyotli va uning egosi katta ekani ko‘rinib turadi. Ammo menimcha, eng kuchli o‘yinchilarning barchasida shunday xususiyat bor. Messi-chi? Uning ham egosi kattami, faqat buni ko‘rsatmaydimi?
Messi ba’zan juda xotirjamlik bilan: «Biz 2:0 hisobida g‘alaba qozonamiz», derdi. Biz esa haqiqatan ham 2:0 hisobida yutib, u ikkala golni ham urardi.
Ba’zan unga qarab, bugun o‘ynashni unchalik istamayotgandek, hech narsa qilmayotgandek tuyulardi. Ammo u bugun 3:0 hisobida g‘alaba qozonishimizni aytsa, uchala golni ham o‘zi urardi. Bu unga juda oson edi.
Krishtianu esa o‘zini doim rag‘batlantirishi kerak edi. U Messi bilan teng darajada o‘ynardi va bir o‘yinda uchta gol urishi mumkin edi. Ammo u bu haqda oldindan Messi kabi ishonch bilan gapirmasdi»,-dedi sobiq futbolchi.