locale OZ

Emilian Karas: «Ronaldusiz “Paxtakor”ga yanada qiyinroq bo‘lishi mumkin»

“Paxtakor” ustozi bo‘lajak bahs oldidan fikr bildirdi.
Futbol
Emilian Karas: «Ronaldusiz “Paxtakor”ga yanada qiyinroq bo‘lishi mumkin»
Фото: Пахтакор ПФК
Osiyo Chempionlar Ligasi
02.11.2026, 08.45
Paxtakor Toshkent
-
Al Nassr
-

“Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Emilian Karas Elit Osiyo Chempionlar ligasining 4-turida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasiga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirdi.

Raqib jamoa haqida

“An-Nasr”da Yevropaning kuchli chempionatlarida o‘ynagan mahoratli futbolchilar ko‘p. Ammo bizning ham o‘z maqsadlarimiz bor. Maydonda yaxshi jamoaviy o‘yin ko‘rsatib, ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.

Ronalduning kelmagani haqida

"Ronaldu maydonda bo‘lsa, jamoaning aksariyat hujumlari u orqali tashkil etiladi. Uning o‘rniga boshqa futbolchilar tushganda esa hujum variantlari ko‘payadi. Shu bois Ronaldusiz “An-Nasr”ga qarshi o‘ynash hatto qiyinroq bo‘lishi mumkin.

O‘yindagi asosiy maqsad haqida

“Pul futbol o‘ynamaydi. Maydonga har ikki jamoadan 11 nafardan futbolchi tushadi. Natijaga erishish uchun jamoaviy harakat qilishimiz kerak. Raqib safida kim maydonga tushishidan qat’i nazar, o‘z o‘yinimizni namoyish etib, natijaga erishishga harakat qilamiz.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting