Ahadxon Kimsanboyev — Osiyo chempioni
Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha IV Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
photo: paralympic
Ahadxon Kimsanboyev — Osiyo chempioni.
Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha IV Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqaning IBSA yo‘nalishi bo‘yicha rapid bahslarida O‘zbekiston ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi a’zosi, hamyurtimiz Kimsanboyev Ahadxон yuksak natija qayd etdi.
Hamyurtimiz 5 tur davomida 4,5 ochko jamg‘arib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va faxrli 1-o‘rinni egallab, Osiyo chempioniga aylandi.
Ushbu g‘alaba yurtimizda imkoniyati cheklangan shaxslar sportiga qaratilayotgan e’tibor, sportchilarimizning yuksak salohiyati va matonatining yorqin namunasidir.