locale OZ

\"Astana Open Series\" xalqaro turniridan navbatdagi medallar

Qozog’iston poytaxti Ostona shahri velosportning trek yo’nalishi bo’yicha “ASTANA OPEN SERIES” xalqaro nufuzli turniriga mezbonlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
"Astana Open Series" xalqaro turniridan navbatdagi medallar
photo: velosport Uzbekistan

Qozog’iston poytaxti Ostona shahri velosportning trek yo’nalishi bo’yicha “ASTANA OPEN SERIES” xalqaro nufuzli turniriga mezbonlik qilmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Samira Ismoilova hamda Asal Rizayevalar “Omnium” dasturida ham o’zlarini ko’rsata olishdi.

Olimpiya o’yinlari dasturidan o’rin olgan “Omnium”da Samira Ismoilova kumush medalni qo’lga kiritdi. Asal Rizayeva esa 4-natijani qayd etib, yana bir bor vakillarimizning muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minladi.

Bundan tashqari, Samira Ismoilova kuni kecha “Skretch” dasturida ham kumush medaliga ega chiqqandi. “Elimination” dasturida esa kumush va bronza medallari hamyurtlarimizga nasib etgan.

Qo’lga kiritilgan natijalar bilan O’zbekiston terma jamoasi a’zolarini tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda zafarlar tilab qolamiz.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting