Farg‘onada «M15 Pepsi Cup» turnirining ilk haftasi yakunlandi
Farg‘onada ITF World Tennis Tour doirasida o‘tkazilgan «M15 Pepsi Cup» xalqaro turnirining ilk haftasi g‘olib va finalchilarni taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.
Tennis
photo: Tennis Uzbekistan
Farg‘onada «M15 Pepsi Cup» turnirining ilk haftasi yakunlandi
Farg‘onada ITF World Tennis Tour doirasida o‘tkazilgan «M15 Pepsi Cup» xalqaro turnirining ilk haftasi g‘olib va finalchilarni taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.
Yakkalik bahslari finalida Aristarkh Safonov Hindiston vakili Digvijay Pratap Singhni 7:6(4), 6:7(5), 6:2 hisobida mag‘lub etib, turnir chempioniga aylandi.
Juftlik bahslari finalida Jan Hrazdil va Aryan Lakshmanan Dmitrii Burtsev va Kirill Filaretov juftligini 7:5, 6:1 hisobida mag‘lub etib, turnir chempioniga aylandi.
Turnirlar seriyasining ikkinchi haftasidagi navbatdagi «M15 Pepsi Cup» musobaqasi 2–8-noyabr kunlari Farg‘onada bo‘lib o‘tadi.