Osiyo U23 qilichbozlik chempionatida O'zbekiston ayollar shpaga jamoasi jamoaviy bahslarda bronza medallarini qo'lga kiritdi
O'zbekiston ayollar jamoasi tarkibida: Aziza Xamidova, Dilnura Ibodullayeva, Zarina Xamroboyeva va Marvarid Zuvaydilloyeva bor.
Boshqa sport turlari
photo: qilichbozlik Uzbekistan
Bahrayn Qirolligining Manama shahrida bo'lib o'tgan Osiyo U23 qilichbozlik chempionatida O'zbekiston ayollar shpaga jamoasi jamoaviy bahslarda bronza medallarini qo'lga kiritdi.
O'zbekistonlik sportchilar yuqori darajadagi tayyorgarlik, jamoaviy birdamlik, matonat va g'alabaga bo'lgan irodani namoyish etib, qit'a chempionatida O'zbekiston Respublikasini munosib himoya qilishdi.
O'zbekiston ayollar jamoasi tarkibida: Aziza Xamidova, Dilnura Ibodullayeva, Zarina Xamroboyeva va Marvarid Zuvaydilloyeva bor.
Umumiy musobaqaning yakuniy natijalari:
1-o'rin — Gonkong (Xitoy)
2-o'rin — Qozog'iston
3-o'rin — O'zbekiston
3-o'rin — Xitoy Taypeyi