Elit OChL. «Neftchi» so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, «Al-Ittihod»ga yutqazdi
Farg‘onaning «Neftchi» klubi 26 oktabr kuni OFK Elit Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turida o‘z maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubini qabul qildi.
O‘yin avvalida mezbonlar biroz ustunlikka ega bo‘ldi va 17-daqiqada Jamshid Iskanderov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 34-daqiqada Ussam Auar hisobni tenglashtirdi. O‘yinning so‘nggi daqiqasida Yusuf En–Nesiri jarima zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Bu natijadan so‘ng, Farg‘ona klubi 3 ochko bilan musobaqa jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
«Neftchi» navbatdagi o‘yinni 2 noyabr kuni safarda Eronning «Traktor» klubiga qarshi o‘tkazadi. Bahs Ummon poytaxti Maskat shahrida bo‘lib o‘tadi.
Elit OChL. G‘arbiy mintaqa. 3-tur
«Neftchi» (O‘zbekiston) - «Al-Ittihod» (Saudiya Arabistoni) 1:2
Gollar: Jamshid Iskanderov (17 pen) - Ussam Auar (34), Yusuf En-Nesiri (90)