Jahon chempionati: Sarvarbek Zafarjonov 8-o‘rinni egalladi
Jahon chempionati: Sarvarbek Zafarjonov 8-o‘rinni egalladi
Xitoyning Ningbo shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Sarvarbek Zafarjonov erkaklar o‘rtasida 85 kg vazn toifasida ishtirok etdi.
Sportchimiz dast ko‘tarish bahslarida 162, 166 kg og‘irliklarni, siltab ko‘tarishda esa 198 kg natijani muvaffaqiyatli bajardi.
Yakunda ikki kurash natijasiga ko‘ra 364 kg jamg‘argan Sarvarbek jahon chempionatini 8-o‘rin bilan yakunladi.
Mazkur musobaqa Los-Anjeles–2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Jahon chempionatidagi natija sportchimizning Olimpiada saralash reytingi uchun muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.
Mazkur vazn toifasida kuchli uchlik:
1-o'rin. Elsayed A. (Misr) - 390 kg
2-o'rin. Lopez Yeison (Kolumbiya) - 387 kg
3-o'rin. Lei Jiangqing (Xitoy) - 382kg