Meksika gran-risi yakunlari: Ferstappen g'alaba qozondi, Antonelli - Jahon chempioni
1-noyabr kuni Mexiko shahridagi aka-uka Rodriges nomidagi avtodromda Formula-1 tarixidan joy olgan poyga bo‘lib o‘tdi.
Kimi Antonelli ilk bor jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi! 20 yoshida, Formula-1dagi faoliyatining ikkinchi mavsumidayoq Mercedes jamoasining italiyalik poygachisi Formula-1 tarixidagi eng yosh jahon chempioniga aylandi.
Chempionlikni muddatidan avval qo‘lga kiritish uchun Antonelliga to‘qqizinchi o‘rinni egallash kifoya edi. Biroq u poygani uchinchi o‘rinda yakunlab, shohsupaga ko‘tarildi!
Poyganing kuchli uchligi:
1-o'rin. Maks Ferstappen — Red Bull Racing
2-o'rin. Lyuis Hemilton — Ferrari
3-o'rin. Kimi Antonelli — Mercedes
Ferstappen Hemiltonning kuchli bosimiga qaramay, yetakchilikni saqlab qoldi va Meksika Gran-prisida oltinchi bor g‘alaba qozondi.
Bir shohsupada — uch nafar jahon chempioni va avtosport tarixidagi yangi sahifa.