locale OZ

Iraola «Liverpul» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin – Romano

Iraola allaqachon «Kristal Peles»dan taklif olgan, ammo hali oxirgi qarorini qabul qilmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Iraola «Liverpul» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin – Romano
ФОТО: Getty images

«Liverpul» jamoasida bosh murabbiy lavozimi uchun Arne Slot ketadigan bo‘lsa, Andoni Iraola nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano o‘z podkastida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Iraola allaqachon «Kristal Peles»dan taklif olgan, ammo hali yakuniy qarorini qabul qilmagan. Ispaniyalik mutaxassis o‘z faoliyatini davom ettirish uchun eng maqbul variantni tanlash niyatida va Angliya Premer-ligasi klublariga ustuvorlik bermoqda.

Habarda aytilishicha, «Liverpul» rahbariyati yaqin kunlarda Slot bilan uchrashuv o‘tkazadi, u yerda mavsum yakunlari muhokama qilinib, niderlandiyalik murabbiyning kelajagi yuzasidan qaror qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iraola mavsum oxirida «Bornmut»dan ketishi ma’lum bo‘lgan edi. Ispaniyalik mutaxassis jamoani 2023 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda.

So‘nggi kunlarda bir qator ommaviy axborot vositalari Slot mavsum oxirida «Liverpul»dan ketishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting