Harri Keyn “Oltin to‘p”ni Mbappedan juda kichik farq bilan yutgani ma’lum bo‘ldi
2026-yilgi “Oltin to‘p” mukofoti uchun kurash kutilganidan ham keskin o‘tgan. “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn yakuniy ovoz berishda “Real Madrid” vakili Kilian Mbappedan juda kichik farq bilan ustun kelgan. Bu haqda France Football bosh muharriri Vensan Garsiyaga tayanib, GOAL nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ovoz berish jarayonining katta qismida Mbappe yetakchilik qilgan. Biroq yakuniy bosqichda Keyn ko‘proq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Vensan Garsiya ikki futbolchi o‘rtasidagi farq juda kichik bo‘lganini va g‘olibni aniqlash oson kechmaganini ta’kidlagan.
France Football vakilining aytishicha, joriy yilgi farq 2024-yilda Rodri va Vinisius Junior o‘rtasida qayd etilgan tafovutdan ham kichik bo‘lgan. O‘sha yili Rodri “Oltin to‘p”ni 41 ochkolik ustunlik bilan qo‘lga kiritgan edi. Hozircha Keyn va Mbappe o‘rtasidagi aniq ochkolar farqi e’lon qilinmagan.
Ma’lumot uchun, Harri Keyn 2026-yilgi “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritib, 2001-yildan beri ushbu sovrinni yutgan ilk ingliz futbolchisiga aylandi. Yakuniy reytingda Mbappe ikkinchi, “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal esa uchinchi o‘rinni egalladi.