locale OZ

“Arsenal” Angliya Liga kubogi uchrashuvida tarkibni jiddiy o‘zgartirishi mumkin

Bosh murabbiy Mikel Arteta mazkur bahsda asosiy tarkib futbolchilarining bir qismiga dam berib, zaxira va yosh o‘yinchilarga imkoniyat yaratishi kutilmoqda.
Futbol
“Arsenal” Angliya Liga kubogi uchrashuvida tarkibni jiddiy o‘zgartirishi mumkin
Foto: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi Angliya Liga kubogi to‘rtinchi bosqichida “Flitvud Taun”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bosh murabbiy Mikel Arteta mazkur bahsda asosiy tarkib futbolchilarining bir qismiga dam berib, zaxira va yosh o‘yinchilarga imkoniyat yaratishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Rayan Teylorning Yahoo Sports orqali e’lon qilingan maqolasida xabar berilmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal”ning asosiy darvozaboni David Raya ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuborishi, uning o‘rnini Kepa Arrisabalaga egallashi mumkin. Shuningdek, 16 yoshli Maks Dauman asosiy tarkibdan joy olishi taxmin qilinmoqda. Himoya chizig‘ida esa Yurriyen Timber, Kristhian Moskera va Pyero Inkapyega imkoniyat berilishi mumkin.

Arteta rotatsiya orqali futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilishni rejalashtirmoqda. Sababi, “Arsenal”ni navbatdagi turda “Liverpul”ga qarshi muhim Premyer-liga uchrashuvi kutmoqda. Shunga qaramay, londonliklar Liga kubogida ham kurashni davom ettirishni maqsad qilgan. Taxminiy tarkib klub tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, “Flitvud Taun” va “Arsenal” o‘rtasidagi Liga kubogi uchrashuvi 27-oktabr kuni “Flitvud”ning “Hayberi” stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan. “Arsenal” ushbu bosqichga avvalgi turda “Ipsvich”ni 4:2 hisobida mag‘lub etib yetib kelgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting