locale OZ

Harri Keyn “Oltin to‘p”ni tungi klubda nishonladi

Futbolchi tantanali marosim yakunlangach, yaqinlari va do‘stlari bilan shahardagi Cirque Le Soir tungi klubiga tashrif buyurdi.
Futbol
Harri Keyn “Oltin to‘p”ni tungi klubda nishonladi
Foto: Getty Images

“Bavariya” va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn 2026-yilgi “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘z muvaffaqiyatini Londonning mashhur tungi klublaridan birida nishonladi. Futbolchi tantanali marosim yakunlangach, yaqinlari va do‘stlari bilan shahardagi Cirque Le Soir tungi klubiga tashrif buyurdi. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bayram tadbirida Keynning rafiqasi Keyt, oila a’zolari va yaqin do‘stlari ishtirok etgan. Shuningdek, hujumchining “Tottenhem”dagi sobiq jamoadoshlari Erik Dayer va Ben Devis ham kechada ko‘rinish bergan. Ular angliyalik futbolchini faoliyatidagi eng katta individual yutuqlardan biri bilan tabriklagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Keynning tungi klubda vaqt o‘tkazayotgani aks etgan surat va videolar ham tarqaldi. Ulardan birida futbolchi qadah ko‘tarib, yaqinlari bilan muvaffaqiyatini nishonlayotganini ko‘rish mumkin. Shu tariqa, 33 yoshli hujumchi faoliyatidagi tarixiy yutuqdan so‘ng bir muddat futbol tashvishlaridan uzoqlashib, bayram kayfiyatida vaqt o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, Harri Keyn 26-oktabr kuni Londonda o‘tkazilgan marosimda ilk bor “Oltin to‘p” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning jamoasi “Bavariya” 28-oktabr kuni Germaniya kubogi doirasida “Magdeburg”ga qarshi maydonga tushadi. Myunxenliklar ayni paytda Bundesliga turnir jadvalida “Borussiya Dortmund”ni to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting