locale OZ

Sobiq “Barselona” futbolchisi 23 ta o‘yindan so‘ng ilk golini urdi

Daniyalik futbolchi “Gremio” safida “Koritiba”ga qarshi uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida gol urib, jamoasiga 1:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Futbol
Sobiq “Barselona” futbolchisi 23 ta o‘yindan so‘ng ilk golini urdi
Foto: Getty Images

“Barselona”ning sobiq hujumchisi Martin Braytveyt Braziliya chempionatida uzoq davom etgan golsiz seriyasiga yakun yasadi. Daniyalik futbolchi “Gremio” safida “Koritiba”ga qarshi uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida gol urib, jamoasiga 1:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Bu haqda Ispaniyaning Diario AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Braytveyt 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. U 91-daqiqada Fransis Amuzuning uzatmasidan so‘ng bosh bilan aniq zarba yo‘llab, uchrashuv taqdirini hal qilgan. Mazkur gol 2026-yilgi Braziliya chempionatida uning 23-uchrashuvidagi birinchi goli bo‘ldi.

Daniyalik hujumchi yil boshida og‘ir jarohat olgan va tiklanish jarayonidan keyin asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan edi. U joriy chempionatda atigi beshta bahsni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazgan. Braytveytning goli “Gremio”ga quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurashda muhim uch ochkoni olib keldi.

Ma’lumot uchun, Braytveyt 2020–2022-yillarda “Barselona” safida faoliyat yuritgan. Hozirda u Braziliyaning “Gremio” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Mazkur g‘alabadan keyin ham klub xavfli hududni tark eta olmagan, ammo turnir jadvalidagi raqiblariga yaqinlashgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting