Echeverri faoliyatini La Ligada davom ettiradi
«Man Siti» yarimhimoyachisi ijara asosida «Jirona»ga koʻchib oʻtadi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Klaudio Echeverri Ispaniyaning «Jirona» klubiga ijaraga beriladi. Bu haqda insayder Sezar Luis Merlo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi La Ligada 2026 yil yozigacha harakat qiladi.
Joriy yil avgust oyida Echeverri Germaniyaning «Bayer» klubi safida ijara asosida to‘p surgan edi. Uning nemis jamoasi bilan shartnomasi 31 dekabr 2025 yilda yakunlanadi.
Joriy mavsumda 19 yoshli yarimhimoyachi 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» Echeverrini 2024 yil yanvar oyida Argentinaning «River Pleyt» klubidan sotib olib, uni yil oxirigacha ijara asosida qoldirgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist