Angliya Liga kubogi. «Siti» «Brayton»ni penaltilar seriyasida yengib, chorakfinalga chiqdi
Angliya Liga kubogida 1/8 final uchrashuvlari davom etadi. «Manchester Siti» o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qildi. Asosiy vaqtda kuchlar teng keldi, - 2:2. Kovachich va Reys mezbonlar safida gollarga mualliflik qildi. «Chaykalar»dan Yalkuye va Ryutter o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda «Manchester Siti» 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.
Ushbu bahsda Abduqodir Husanov 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Angliya Liga kubogi. 1/8 final
Man Siti — Brayton 2:2 (penaltilar seriyasi: 4:3)
Gollar: Kovachich 40, Reys 72 – Yalkuye 30, Ryutter 47.
Manchester Siti — Rulli, Lyuis (Abduqodir Husanov, 76), Reys, O'Rayli (Fernandes, 87), Bouaddi (Ait-Nuri, 46), Gehi, Foden, Sherki, Kovachich, Allan (Doku, 61), Samba (Makeydo, 46).
Bornmut — Stil, Hajam, Hinshelvud (De Kyuper, 77), Gross, Koshtinya, Jorjinio, Gomes (Mintah, 76), Boskali, Ayari, Svoboda (Dank, 85), Yalkuye (Viffer, 81).
Ogohlantirishlar: Bouaddi 32 – Svoboda 11, Viffer 90+1, Dank 90+2.