locale OZ

«Arsenal», «MYU» va «Chelsi» Pasning transferiga qiziqmoqda

Futbolchining «Komо» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Futbol
«Arsenal», «MYU» va «Chelsi» Pasning transferiga qiziqmoqda
Фото: Getty Images

Angliyaning bir nechta top-klubi «Komо» hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pasga qiziqish bildirmoqda. TEAMtalk xabariga ko‘ra, «Arsenal», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» 22 yoshli argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Biroq manba ma’lumotiga ko‘ra, Italiya klubi Pasni yanvar oyidagi transfer oynasida sotishni rejalashtirmayapti. «Komо» ichida futbolchining qiymati 100 million yevrodan yuqori baholanayotgani aytilmoqda.

Pas ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 11 ta bahsda maydonga tushib, beshta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, argentinalik yarim himoyachi 11 ta o‘yinda jami 11 ta golli harakat qayd etdi.

Futbolchining «Komо» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting