Lamin Yamal — qatorasiga uchinchi bor yilning eng yaxshi yosh futbolchisi
Lamin Yamal — qatorasiga uchinchi bor yilning eng yaxshi yosh futbolchisi
«Barselona» vingeri bu borada Kubarsi, Diomande kabi o‘yinchilarni ortda qoldirdi. U so‘zga chiqib, sovringa Kubarsi loyiqroq ekanligini ayttdi.
Angliya poytaxti Londonda «Oltin to‘p-2026» marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Asosiy sovringa qadar bir qator nominatsiyalarda eng yaxshilar aniqlanmoqda. Jumladan, yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga atalgan «Kopa Trofi» mukofoti yana Lamin Yamalga nasib etdi.
«Barselona»ning 19 yoshli vingeri o‘tgan mavsumda klubi bilan La Liga va Ispaniya superkubogida g‘olib bo‘lgandi. Ispaniya milliy jamoasi bilan esa Jahon chempionatida zafar quchdi.
Ma’lumot uchun, 2024 va 2025 yillarda ham «Kopa Trofi» sovriniga aynan Yamal sazovor bo‘lgandi.