Futzal. Uchinchi tur statistikasi — ma'lumotlar to'rida
BMB PFC — yuz foizlik natija
3-turda barcha uchrashuvlarida g‘alaba qozongan yagona jamoa BMB PFC bo‘ldi. Nodir Eliboyev shogirdlari uchta bahsdan 9 ochko jamg‘arishdi.
“Maksam-Chirchiq” — mag‘lubiyatsiz
Toshkent viloyati vakillari uchta uchrashuvning ikkitasida g‘alaba qozonib, bir bahsda durang qayd etishdi. Natijada jamoa hisobiga 7 ochko qo‘shildi.
SQB, “Olmaliq” va “Nurafshon” — 6 ochkodan
Mazkur jamoalar 3-turdagi uchta uchrashuvning ikkitasida g‘alaba qozonib, bir bor mag‘lubiyatga uchrashdi. Shu tariqa, ularning har biri 6 ochkodan jamg‘ardi.
“Samarqand” uchun omadsiz tur
Oliy liganing tajribali jamoalaridan biri bo‘lgan “Samarqand” bu turda atigi bir ochko bilan kifoyalandi. Samarqandliklar ikkita uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrab, bir bor durang qayd etishdi.
Turning eng sermahsul uchrashuvi — 12 ta gol
BMB PFC va “Zarafshon” o‘rtasidagi bahs turdagi eng sermahsul uchrashuv bo‘ldi. Jamoalar jami 12 ta gol urishdi, yakunda jizzaxliklar 8:4 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Eng sermahsul jamoa — BMB PFC
Jizzaxliklar 3-tur davomida raqiblari darvozasiga 15 ta gol urishdi. Bu borada keyingi o‘rin “Olmaliq” jamoasiga tegishli bo‘lib, ular hisobiga 14 ta gol yozildi.
BMB PFC — eng kam gol o‘tkazgan jamoa
Amaldagi chempionning darvozasi 3-turdagi uchrashuvlarda atigi 5 marta ishg‘ol etildi.
“Neftchi” — eng kam gol urgan jamoa
Farg‘onaliklar 3-turda raqiblari darvozasiga atigi 5 ta gol urishdi. “Samarqand”, “Xorazm” va “Lochin” jamoalari esa 7 tadan gol kiritishdi.
“Zarafshon” — eng ko‘p gol o‘tkazgan jamoa
Navoiy viloyati vakillari 3-turdagi uchta uchrashuvda o‘z darvozalaridan 16 ta to‘p olib chiqishdi.