locale OZ

«Milan» Pulishich bilan shartnoma imzolaydi

Pulishich 2023-yildan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
«Milan» Pulishich bilan shartnoma imzolaydi
Фото: Getty Images

«Milan» klubi hujumchisi Kristian Pulishich jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, yangi shartnoma bugun, 29-oktabr kuni imzolanadi.

«Tasdiqlandi! Ma’lum bo‘lishicha, bugun tushdan keyin Kristian Pulishich “Milan” bilan shartnomasini uzaytiradi. Kelishuv 2031-yilgacha amal qiladi, futbolchining yillik maoshi esa 6 million yevroni tashkil etadi», — deb yozdi Skira.

28 yoshli Kristian Pulishich joriy mavsumda Italiya chempionatida oltita uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning Yevropa Ligasida ham ikkita o‘yini bor.

Pulishich 2023-yildan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting