Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva “Guangzhou Open” turnirining chorak finalida
Tennischi qizlarimiz Xitoyda o‘tayotgan WTA 250 toifasidagi Guangzhou Open turnirining juftlik bahslaridagi ilk uchrashuvida g‘alaba qozondi.
Tennis
photo: gettyimages
Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva “Guangzhou Open” turnirining chorak finalida!
Tennischi qizlarimiz Xitoyda o‘tayotgan WTA 250 toifasidagi Guangzhou Open turnirining juftlik bahslaridagi ilk uchrashuvida g‘alaba qozondi. Nimchorak finalda Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva Nikol Fossa Uergo hamda Yelena Pridankina juftligini 6:1, 3:6, 10:6 hisobida mag‘lub etdi.
Hal qiluvchi super tay-brekda ustun kelgan qizlarimiz chorak finalga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda ular Eri Xozumi va Andreya Klepach juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Mariya Timofeyeva turnirning yakkalik bahslarida ham ishtirokini davom ettirmoqda.