locale OZ

Tennis. O‘zbekistonlik o‘smir tennischilar yarim finalda

Farg‘onada o‘tayotgan World Tennis M15 Pepsi Cup xalqaro professional turnirida Akmal Abdullayev va Danila Kvasov juftlik bahslarining yarim finaliga yo‘l oldi.
Tennis
Tennis. O‘zbekistonlik o‘smir tennischilar yarim finalda
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekistonlik o‘smir tennischilar yarim finalda.

Farg‘onada o‘tayotgan World Tennis M15 Pepsi Cup xalqaro professional turnirida Akmal Abdullayev va Danila Kvasov juftlik bahslarining yarim finaliga yo‘l oldi.

Ikkinchi davrada o‘smir tennischilarimiz Qozog‘iston vakili Amir Omarhanov va O‘zbekiston vakili Maksim Shindan iborat juftlikni 6:3, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ertaga yarim finalda Akmal Abdullayev va Danila Kvasov ikkinchi raqam ostida saralangan Yan Hrazdil (Chexiya) va Aryan Lakshmanan (Hindiston) juftligiga qarshi kortga chiqadi.

Yosh tennischilarimizning kattalar ishtirok etadigan professional turnirda yarim finalga chiqishi alohida e’tirofga loyiq natija.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting