Eli Junior Krupi faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin
"Barselona" Angliyaning "Bornmut" klubida to‘p surayotgan 20 yoshli hujumchi Eli Junior Krupiga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yosh futbolchining imkoniyatlari kataloniyaliklar bosh murabbiyi va klub sport direktori Dekuga ma’qul kelgan. Biroq "Barselona" qishki transferlar davrida Krupini sotib olish uchun harakat qilmoqchi emas.
Kataloniya klubi hujumchini kelasi yozda o‘z safiga qo‘shib olishga urinishi mumkin. Ammo transfer yo‘lidagi asosiy to‘siq futbolchining yuqori narxi bo‘lishi kutilmoqda. "Bornmut" Krupini 100 million yevroga baholamoqda.
Shu bilan birga, iste’dodli hujumchiga Angliyaning "Arsenal" va "Tottenxem" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Bu esa yozgi transferlar davrida futbolchi uchun raqobatni kuchaytirishi mumkin.
Krupi joriy mavsum Angliya Premer-ligasida atigi bitta uchrashuvda maydonga tushdi va hozircha samarali harakat qayd etmadi. Fransiyalik futbolchi mavsum boshini jarohati sabab o‘tkazib yuborgan.