locale OZ

«Arsenal» Aleks Baenaga qiziqish bildirmoqda

Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.
Futbol
«Arsenal» Aleks Baenaga qiziqish bildirmoqda
Photo: Getty Images

Ispaniya terma jamoasi va Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Aleks Baena faoliyatini Angliya Premyer-ligasining top-klublaridan birida davom ettirishi mumkin.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, «Atletiko» vingeriga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda. «Kanonirlar» 25 yoshli ispaniyalik futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Baena o‘tgan yilning yozidan buyon Madrid jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyining oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting