locale OZ

«Arsenal» darvozasiga belgilanmagan penalti hakam xatosi deb topildi

APLning muhim vaziyatlar bo‘yicha komissiyasi «Liverpul»ga qarshi o‘yinda (1:0) «Arsenal» darvozasiga penalti belgilanmaganini 4:1 hisobidagi ovoz bilan hakam xatosi deb topdi.
Futbol
«Arsenal» darvozasiga belgilanmagan penalti hakam xatosi deb topildi
photo: gettyimages

«Arsenal» darvozasiga belgilanmagan penalti hakam xatosi deb topildi.

APLning muhim vaziyatlar bo‘yicha komissiyasi «Liverpul»ga qarshi o‘yinda (1:0) «Arsenal» darvozasiga penalti belgilanmaganini 4:1 hisobidagi ovoz bilan hakam xatosi deb topdi.

Birinchi bo‘lim yakunida Yurriyen Timber jarima maydonida Aleksandr Isakning futbolkasidan faol tortib qolgan. Biroq «Liverpul» hujumchisi yiqilmagan. Uchrashuv bosh hakami Endi Medli niderlandiyalik himoyachini jazolamadi va penalti belgilamadi. VARda esa Styuart Etvell ishlagan.

Komissiya Medlining qarorini xato deb baholadi. Uning besh nafar a’zosidan uch nafari bu yaqqol hakamlik xatosi bo‘lgani va VAR hakamni monitor yoniga chaqirishi kerak edi, deb hisoblagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting