locale OZ

Vadim Abramov: «Bugun 2:0 kamlik qilardi, 3:0, 4:0 qilish kerak edi»

Farg‘onadagi chempionlik va taqdirlash marosimiga ulangan o‘yindan keyin Vadim Abramov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilmadi.
Futbol
Vadim Abramov: «Bugun 2:0 kamlik qilardi, 3:0, 4:0 qilish kerak edi»
photo: Dinamo fk

Vadim Abramov: «Bugun 2:0 kamlik qilardi, 3:0, 4:0 qilish kerak edi. Futbolchilarimdan normal hakamlikni tashkil qilib bera olmayotganimiz uchun uzr so‘radim»

Farg‘onadagi chempionlik va taqdirlash marosimiga ulangan o‘yindan keyin Vadim Abramov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilmadi. Murabbiydan miks-zonada «Neftchi» - «Dinamo» (2:2) bahsi borasidagi fikrlarini so‘radik. Vadim Karlenovich futbolchilarga minnatdorchilik bildirib, hakamlik haqida ochiq gapirdi.

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan «Neftchi» va «Dinamo» (2:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov ayrim savollarga javob berdi.

- Bugun stadionga juda ko‘p muxlislar tashrif buyurdi va natijada juda qiziqarli, hayajonli o‘yin guvohi bo‘ldik. O‘ylaymanki, muxlislarga ham uchrashuv yoqdi. 2:2 hisobidagi natija haqida nima deyish mumkin? «Neftchi»ni chempionatdagi g‘alabasi bilan tabriklaymiz.

- Ammo sizlarda 2:0 hisobida oldinda borayotgan paytda g‘alabani qo‘ldan chiqarish alamli bo‘ldimi?

- Yo‘q, bugungi o‘yindan ko‘rinib turibdiki, 2:0 hisobida g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Buning uchun 3:0 yoki 4:0 hisobida oldinda bo‘lish kerak ekan. 2:0 hisobining o‘zi kamlik qildi.

- Aytish mumkinki, keyingi o‘yin butun mavsum davomidagi faoliyatingizga baho beriladigan uchrashuv bo‘ladi. Umuman, bu yilgi mavsum jamoangiz uchun qanday o‘tdi?

- Bu yil biz uchun mavsum shunday kechdi. Aslida, bu haqda avvalgi matbuot anjumanlaridan birida ham gapirgandim. Juda qiyin mavsum bo‘ldi. Hozircha bu borada ortiqcha izoh berishni istamayman. Aytaylik, biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik.

- O‘yindan keyin futbolchilarga nima dedingiz?

- Ularga bugungi o‘yin uchun minnatdorchilik bildirdim va uzr so‘radim. Chunki futbolchilarimizga munosib hakamlikni ta’minlay olmayapmiz. «Bunyodkor» bilan o‘yindan keyin ham shunday degandim. Futbolchilar oldida bunday hakamlik uchun uyalaman. Ular, albatta, maydonda bor kuchini ishga solishmoqda, qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishyapti. Biz esa ularning mehnatiga munosib sharoit yaratib bera olmayapmiz. Endi nima ham derdik, harakat qilamiz, vaziyatni ko‘ramiz.

Bugungi shunday futbol bayramini ko‘rib, Samarqand uchun ham iching achiydi. Afsuski, Farg‘onada shunday bayramona muhit bor, ammo Samarqandda bunday futbol bayrami yo‘q. Vaholanki, u yerda ham xuddi shunday bayramni tashkil qilish mumkin edi», - deya Vadim Karlenovichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting