locale OZ

«Neftchi» — Superliga 2026 chempioni

Farg‘ona klubi «Dinamo» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Futbol
«Neftchi» — Superliga 2026 chempioni
photo: Neftchi FK

Superliganing 29-turida «Neftchi» o‘z maydonida «Dinamo»ni qabul qildi. Bellashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Mehmonlar birinchi bo‘limda Amadu Dumbuyaning dubli evaziga ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqdi. U 42-daqiqada hisobni ochdi, oradan ikki daqiqa o‘tib esa «Dinamo»ning ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda Jamshid Iskanderov penaltidan ikki bor gol urdi. U 57-daqiqada hisobni qisqartirdi, qo‘shib berilgan daqiqalarning 90+7-daqiqasida esa yana 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirib, «Neftchi»ga durangni taqdim etdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Neftchi» ochkolarini 65 taga yetkazib, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Farg‘ona klubi eng yaqin ta’qibchilaridan ochkolar bo‘yicha uzilib ketdi. «Dinamo» esa 39 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi.

Superliga. 29-tur
Neftchi — Dinamo 2:2
Gollar: Amadu Dumbuya 42, 44 — Jamshid Iskanderov 57 (pen.), 90+7 (pen.).
Ogohlantirish: Jumaboyev 23.

Neftchi: Ergashev, Aliboyev, Ismoilov, Iskanderov, Abdug‘aniyev, G‘ofurov (Ubaydullayev, 36), Odilov (Jumayev, 84), Sarsenbayev (G‘iyosov, 46), Sayfiyev, Kuao, Ratino (Yo‘ldoshev, 70).
Dinamo: Nemanov, Radayev, Shtefan, Amonov (Yo‘ldoshov, 60), Hojimirzayev, Dumbuya (Qodirqulov, 80), Jumaboyev, Xudayberdiyev (Haydarov, 80), Haydarevich, Abdurahmonov (Oblaqulov, 85), Seytvaliyev.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting