locale OZ

Superliga. «Buxoro» va «Mash’al» durang o‘ynadi

Buxoroliklar ikki bor hisobda oldinga chiqdi, biroq mehmonlar har ikki safar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Futbol
Superliga. «Buxoro» va «Mash’al» durang o‘ynadi
photo: Buxoro fk

O‘zbekiston Superligasining 29-turida «Buxoro» o‘z maydonida «Mash’al»ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.

35-daqiqada Shahzod Ubaydullayev Velko Filipovich uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 41-daqiqada Humoyun Murtozayev muvozanatni tikladi.

56-daqiqada Sherzod Esanov Vladimir Rodichning pasidan keyin «Buxoro»ni yana oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada Komiljon Tojiddinov Tohir To‘xtasinov uzatmasini golga aylantirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Buxoro» 44 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. «Mash’al» esa 6 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qoldi.

Superliga. 29-tur
Buxoro — Mash’al 2:2
Gollar:
Ubaydullayev 35, Esanov 56 — Murtozayev 41, Tojiddinov 76.
Ogohlantirishlar: Muxtorov 18, Boshnyak 35, Kacharava 82.

Buxoro: Hamroyev, Filipovich (Qulmatov, 66), Muxtorov, Ubaydullayev (Kacharava, 73), Baratov, Rajabov, Ro‘ziyev (Xayrullayev, 73), Esanov, Yuldashev (Mamasidiqov, 46), Mladovich, Rodich.
Mash’al: Rusanov, Akramov, Boshnyak, Tojiddinov (Xolmatov, 89), Abduraimov, Murtozayev (Yarashev, 71), To‘xtasinov, Ifeani, Ismoilov (Jovliyev, 71), Boymurodov, Rahimov.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting