O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi Jahon chempionati saralashini muvaffaqiyatli boshladi
O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi Jahon chempionati saralashini muvaffaqiyatli boshladi.
O'zbekistonlik futbolchilar saralash bosqichining ilk uchrashuvida Papua-Yangi Gvineya milliy jamoasi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida futbolchilarimiz to‘liq ustunlikka ega bo‘lishdi. Biroq yaratilgan golli vaziyatlardan foydalanishda jamoamizga omad yetishmadi.
Ikkinchi bo‘limda ham yaqqol ustunlikka ega bo‘lgan vakillarimiz 67-daqiqada hisobni ochishdi. Raqib himoyachilari o‘z jarima maydonchasi ichida Dildora Nozimovani qo‘pallik bilan to‘xtatishdi. Belgilangan penaltidan Maftuna Shoyimova unumli foydalandi.
88-daqiqada Ilvina Ablyakimova uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni ikkitaga oshirdi.
Uchrashuvning 90+2-daqiqasida Papua-Yangi Gvineya himoyachisi o‘z jarima maydonchasida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Belgilangan penaltini Lyudmila Karachik aniq amalga oshirib, bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 3:0.
Ma’lumot uchun, jamoamiz navbatdagi uchrashuvini Gana terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs 1-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Ayollar futboli. JCh saralash turniri
O‘zbekiston 3:0 Papua-Yangi Gvineya
Gollar: M.Shoyimova 67', R.Samuyel 88' (Avtogol), L.Karachik 90+3'