locale OZ

Islom Ismoilov O‘zbekiston chempioni bo'lgan tarixidagi eng yosh bosh murabbiyga aylandi

«Neftchi» bosh murabbiyi Islom Ismoilov O‘zbekiston chempionati tarixida oltin medallarni qo‘lga kiritgan eng yosh murabbiy sifatida rekord o‘rnatdi.
Eksklyuziv yangiliklar
Islom Ismoilov O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yosh bosh murabbiyga aylandi
photo: Neftchi FK

Islom Ismoilov O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yosh bosh murabbiyga aylandi

«Neftchi» bosh murabbiyi Islom Ismoilov O‘zbekiston chempionati tarixida oltin medallarni qo‘lga kiritgan eng yosh murabbiy sifatida rekord o‘rnatdi. 1992-yilda tavallud topgan mutaxassis 2026-yilgi mavsumda 34 yoshida mamlakat chempioniga aylandi.

Islom Ismoilovgacha ushbu rekord Mirjalol Qosimovga tegishli edi. U 2010-yilda «Bunyodkor» bilan chempionlikni qo‘lga kiritganida 40 yoshda bo‘lgan.

Qizig‘i, 2012-yilda Islom Ismoilovning otasi Murod Ismoilov 43 yoshida «Paxtakor»ni O‘zbekiston chempioniga aylantirgandi. Oradan 14 yil o‘tib, uning o‘g‘li chempionat yakuniga bir tur qolganida «sherlar»ni muddatidan avval chempionlikdan mahrum etdi.

Islom Ismoilov murabbiylik faoliyatidagi dastlabki qadamlarini 2019–2021-yillarda Yaypanning «Turon» klubida qo‘ydi. 2022–2025-yillar davomida esa O‘zbekistonning turli yosh toifasidagi o‘smirlar va yoshlar jamoalarida faoliyat olib bordi.

Yosh mutaxassis keng futbol jamoatchiligiga Jizzaxdagi shov-shuvli matbuot anjumanidan keyin yanada yaxshi tanildi. 2025-yilda u O‘zbekiston U-17 jamoasi bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Finalda ikki nafar futbolchisi maydondan chetlatilganiga qaramay, uning jamoasi mezbon Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

2025-yilda Islom Ismoilov «Neftchi» U-21 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2026-yildan esa Farg‘ona klubining asosiy jamoasini boshqarishga kirishdi.

Yosh murabbiy yangi jamoasidagi ilk mavsumidayoq Superliga chempionligini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston futboli tarixiga kirdi. Shu tariqa, Islom Ismoilov Mirjalol Qosimovning 16 yillik rekordini yangilagan holda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan eng yosh bosh murabbiyga aylandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting