locale OZ

A Seriya. «Inter» «Jenoa»ni tor-mor etdi, Tyuramdan dubl

Kivu boshqaruvidagi «neradzurri» 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Futbol
A Seriya. «Inter» «Jenoa»ni tor-mor etdi, Tyuramdan dubl
photo: gettyimages
Italiya A seriyasi
28.11.2026, Yak.
Inter
4
Jenoa
0

Italiya chempionatining 13-turida «Inter» o‘z maydonida «Jenoa»ni qabul qildi. Unda Kristian Kivu jamoasi Genuya klubi darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi. Markus Tyuram dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, Lautaro Martines va Suchich bir martadan o‘z nomini tabloga yozib qo‘ydi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Inter» ochkolari sonini 32 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Jenoa» esa 16 ochko bilan 11-pog‘onada.

A Seriya. 13-tur
Inter — Jenoa 4:0
Gollar:
Lautaro Martines 29, Tyuram 40, 54, Suchichi 45+3.
Inter — Provedel, Bissek, Akanji, Diuf, Barella, Suchich, Karlos Augusto (Stounz, 59), Jons, Dimarko (Luis Enrike, 83), Tyuram (Lavelli, 83), Lautaro Martines (Espozito, 59).
Jenoa — Beylo, Markandalli, Otoa, Vaskes, Kingsli, Viaf, Traore (Frendrup, 56), Mitay, Ellerston, Mikael, Osmaich (Venturino, 66), Messyas (Vitinya, 57).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting