Toshkentda World Boxing Jahon kubogi bahslari boshlandi
Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar vakili ringga ko‘tarildi va yakunda ularning to‘rt nafari keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Boks
photo: boks Uzbekistan
Toshkentda World Boxing Jahon kubogi bahslari boshlandi
Bugundan Olimpiya shaharchasida boks bo‘yicha World Boxing Jahon kubogi bellashuvlariga start berildi. Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar vakili ringga ko‘tarildi va yakunda ularning to‘rt nafari keyingi bosqichga yo‘l oldi. Natijalar quyidagicha:
-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev — Daniyal Sabit (Qozog‘iston) 5:0
-65 kg: Abdurahmon Mahmudjonov — Bunjong Sinsiri (Tailand) 0:5
-85 kg: Norbek Abdullayev — Idar Zanilov (Rossiya) 3:2
-51 kg: Feruza Kazakova — Yuna Nishinaka (Yaponiya) 5:0
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova — Lyudmila Vorontsova (Rossiya) 4:1